CRM tizimi ishlab chiqish
Mijozlar, buyurtmalar va xodimlar ishini bitta joyda boshqaring — Excel jadvallari va yo'qolgan yozuvlarsiz.
Biznes o'sgani sayin Excel va daftar yetmay qoladi: kim qaysi mijoz bilan gaplashgan, qaysi buyurtma qayerda qolgan — bilinmay qoladi. CRM shu ma'lumotni bitta tizimga yig'adi. Tayyor CRM'lar ko'pincha jarayoningizga to'liq to'g'ri kelmaydi; biz sizning ish oqimingizga moslashtirib quramiz.
Nima olasiz
Barcha mijozlar bitta bazada
Har bir aloqa, qo'ng'iroq va kelishuv tarixi saqlanadi. Xodim ishdan ketsa ham ma'lumot qoladi.
Savdo voronkasi ko'rinadi
Qaysi bosqichda nechta bitim turganini bir ekranda ko'rasiz.
Rol va ruxsatlar
Har xodim faqat o'ziga tegishli ma'lumotni ko'radi. Egasi hammasini ko'radi.
Hisobot va tahlil
Savdo, xodim samaradorligi va daromad hisobotlari avtomatik tayyorlanadi.
Qanday ishlaymiz
- 1
Jarayonni o'rganish
Hozir qanday ishlayotganingizni kuzatamiz — CRM mavjud jarayonga moslashishi kerak, aksincha emas.
- 2
Tuzilma va maket
Qanday bo'limlar, maydonlar va hisobotlar kerakligini kelishib, maket ko'rsatamiz.
- 3
Ishlab chiqish
Tizim bosqichma-bosqich quriladi, har bosqichda ko'rib borasiz.
- 4
Ko'chirish va o'rgatish
Mavjud ma'lumotni ko'chiramiz va jamoangizni ishlashga o'rgatamiz.
Ko'p so'raladigan savollar
CRM ishlab chiqish qancha vaqt oladi?
Asosiy funksiyali CRM odatda 4–8 hafta, murakkab tizim 3–6 oy. Muddat bo'limlar soni va integratsiyalarga bog'liq.
Tayyor CRM (Bitrix, amoCRM) o'rniga nima uchun o'zimizniki?
Tayyor tizimlar universal — ko'p keraksiz narsa bor, kerakli narsa esa yo'q bo'lishi mumkin. Moslashtirilgan CRM aynan sizning jarayoningizga quriladi va oylik abonent to'lovi bo'lmaydi.
Mavjud ma'lumotlarimni ko'chira olasizmi?
Ha. Excel, Google Sheets yoki boshqa tizimdagi mijozlar bazasini ko'chirish jarayonning bir qismi.
CRM'ni telefondan ishlatsa bo'ladimi?
Ha. Tizim brauzerda ishlaydi va telefon ekraniga moslashadi — alohida ilova shart emas.
Ma'lumotlarim xavfsizmi?
Ha. Rol asosidagi ruxsatlar, shifrlangan ulanish va muntazam zaxira nusxa standart tarzda quriladi.
CRM'ni Telegram bot yoki sayt bilan bog'lash mumkinmi?
Ha, bu eng ko'p so'raladigan integratsiya: saytdagi forma yoki botdagi buyurtma to'g'ridan-to'g'ri CRM'ga tushadi.
Boshqa xizmatlar
Loyihangizni boshlaymizmi?
Qoldiring — bepul konsultatsiya uchun tez orada bog'lanamiz.