
Telegram bot2026 M10 28
BOBUR OTA — bitta Telegram botda 5 brendli savdo platformasi
Texnologiyalar
Backend: Django + Django REST FrameworkJazzmin admin · Ma'lumotlar bazasi: PostgreSQL · Mini App: React + Vite + TypeScript · Telegram bot: python-telegram-bot · Infratuzilma: Docker ComposeHTTPS (Let's Encrypt)
Loyiha haqida
Telegram bot va Mini App. Bitta botda 5 ta brend bor: halol market, kabob, kitoblar, kosmetika (optom) va avto. Mijoz brendni tanlaydi, katalogdan tovar qo'shadi va turli brendlardan bitta aralash savat yig'ib, bitta buyurtma beradi. Narxlar so'm va vonda (₩) ko'rsatiladi. O'zbekistonga yetkazib berish faqat mos brendlarda mavjud, bu qoida serverda tekshiriladi. Admin uchun alohida Mini App bor: buyurtma holatlari, har bir tovarga "tayyor" belgisi, katalog va brendlarni boshqarish, statistika. Interfeys 4 tilda: o'zbek, rus, ingliz va koreys. Botda oddiy tugmalar rejimi ham bor. Xavfsizlik: Telegram imzosi (initData) tekshiriladi, buyurtmani faqat egasi va admin ko'radi, admin kirishiga urinishlar cheklangan.
Galereya



