
Telegram bot2026 M07 8
BarakaFin — Telegram ichida ishlaydigan shaxsiy, oilaviy va biznes moliya yordamchisi
Texnologiyalar
Backend: Go (Fiber)5 qatlamli arxitektura · Ma'lumotlar: PostgreSQLRedisMinIO · Telegram bot: Python (aiogram) · Mini App va admin panel: React + Vite + TypeScript · Valyuta: Markaziy bank kurslari · Infratuzilma: Docker Compose
Loyiha haqida
Bot va Telegram Mini App ko'rinishida ishlaydi. Kirim va chiqim oddiy matn bilan yoziladi: "taksi 25000" deb yuborsangiz yozuv o'zi qo'shiladi. Bir xabardagi bir nechta summa alohida yozuvlarga bo'linadi, kategoriya esa avtomatik taklif qilinadi. Bir nechta valyuta bilan ishlaydi: har yozuv o'sha kungi Markaziy bank kursi bilan saqlanadi. Kategoriyalar bo'yicha statistika, tarix va tavsiyalar bor. Qarzlar va qisman to'lovlar hisobini yuritadi, kunlik, haftalik va oylik eslatmalar yuboradi. Oila va biznes uchun umumiy hisoblar mavjud. Biznes hisobida rollar bor (egasi, admin, xodim, hisobchi), hamyonlar (kassa, karta, bank) va CSV eksport ham bor. Interfeys o'zbek (lotin va kirill) va rus tillarida, qorong'i rejim Telegram mavzusiga qarab o'zgaradi.
Galereya



