
Telegram bot2026 M04 11
Mening Moliyam
Texnologiyalar
PythonAiogramDjango REST FrameworkPostgreSQL
Loyiha haqida
Mening Moliyam (OneFinance) — Telegram ichida ishlaydigan shaxsiy moliyachi bot. Foydalanuvchilar daromad va chiqimlarini kategoriyalar bo'yicha yozib boradi, oylik statistikani ko'radi va o'tgan oy bilan solishtiradi. Bot qarz oldi-berdilarni izoh bilan saqlaydi va qaytarish kuni kelganda o'zi eslatadi. Maqsadlar esa «kopilka» usulida yuritiladi: summani kataklarga bo'lib, jamg'armani vizual kuzatib borish mumkin. Login yoki ilova o'rnatish shart emas — hammasi Telegram ichida ochiladi.